Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​XALQARO HAMKORLIK

11:28, 25.03.2023      

Farg’ona davlat universitetida o‘quv-uslubiy va ilmiy hamkorlik aloqalar geografiyasi kun sayin kengaymoqda. Xususan, ushbu hamkorliklar samarasini Shveydsariya ta’lim tizimi tajribasida ko’rish mumkin.

Oliygohning Jahon tarixi kafedrasi tashabbusi bilan Shveytsariyaning Lozanna universiteti (UNIL) professori Daniel Allgöwer tomonidan tarix va arxeologiya ta’lim yo‘nalishi talabalariga «Tarix fanida ilmiy tadqiqot olib borish asoslari» fani doirasida «Jahon yodgorliklarida O‘zbekiston tarixiga oid ma’lumotlar va yodgorliklarni 360/HD formatda qayta tasvirlash usullari» (qadimgi Fors hududi misolida) mavzusida master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘zaro uchrashuvlarda UNILning Tarixiy tadqiqotlar kafedrasi va Farg’ona davlat universitetining Jahon tarixi kafedrasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ta’lim sifatini yaxshilash, ilm-fan hamda ta’limning o‘zaro integratsiyasini kuchaytirish va bu borada Shveytsariya tajribasidan foydalanish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ayni vaqtda hamkorlik shartnomasi loyihasini tayyorlash borasida kelishuvlar olib borilmoqda.