Konstitusiya – mustaqillikni mustahkamlovchi, inson va uning huquqlarini oliy qadriyat sifatida belgilab beruvchi me’zon, xalq xohish-irodasi va istaklarini o‘zida ifoda etuvchi huquqiy asos hisoblanadi. Mamlakatimizda amalga oshiralayotgan barcha sohadagi islohotlar zamirida inson manfaatlari yotar ekan, ularning barchasini bir tizimga solishda bosh qomusimizning hissasi ulkandir.
Bugun biz yashayotgan jamiyat, kechagidan tubdan farq qilgani kabi insonlar xohish-istaklari ham kechagidek emas, yangi tashabbuslar va g’oyalar bilan ertangi turmushimizning yanada farovon bo’lishiga ishonmoqdalar.
Xalqimizning tashabbusi bilan yurtimizda sodir bo’layotgan muhim siyosiy jarayon Bosh qomusimizga o’zgartirishlar kiritilishi va uning xalq referendum asosida mustahkamlanishi yangi O’zbekistonga yangidan mustahkam poydevor qurilayotganidan dalolatdir.
Navro’z tantanalari arafasida Farg’ona davlat universitetida 30-Aprel kuni yurtimizda bo’lib o’tadigan umumxalq referendumida xalqimizning va yoshlarimizning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri va konsert-shou dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda oliy taʼlim muassasalari talabalari, viloyatning shahar va tumanlarida yashovchi 2,5 ming nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdi. Tadbirga poytaxtimizdan taniqli san'at vakillari tashrif buyurdi va yoshlarning sevimli qo'shiqlarini birgalikda kuyladilar.
Bu kabi targ'ibot tadbirlari yoshlarda vatan tuyg'usini shakllantirishga xizmat qiladi va yuz berayotgan siyosiy o'zgarishlarga befarq bo'lmaslikka chorlaydi. Shuningdek, bu kabi tadbir va shou-konsertlar butun respublikamiz bo'ylab o'tkazilishi rejalashtirilgan. Konstitutsiyaning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini keng targ'ib etish , aholi , ayniqsa yoshlar ong-u shuurida Vatanga sadoqat , qonunlarimizda hurmat tuyg'usini mustahkamlash maqsadida o'tkazilayotgan bu kabi uchrashuv, davra suhbati , ochiq muloqot va boshqa madaniy - ma'rifiy tadbirlar yuksak samara berib kelmoqda.