Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​“KONSTITUTSIYA O’ZIMIZNIKI!”

09:14, 27.03.2023      

Konstitutsiyaviy qonun loyihasining har bir moddasi xalqchil tarzda xalqimiz bilan maslahatlashgan holda takomillashtirildi. Birinchi ustuvor yoʻnalish sifatida inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmatini ulugʻlash, daxlsiz huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni mustahkamlab qoʻyish lozimligi koʻrsatib oʻtildi.

Keyingi yillarda aholini har tomonlama ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekiston siyosatining bosh maqsadiga aylandi. Bu inson qadriga boʻlgan yana bir eʼtibor demakdir.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirish hamda qo’shimchalar kiritishto’g’risidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo’yicha o’tkazilishi kutilayorgan Referendumga tayyorgarlik doirasidagi Farg'ona davlat universitetida “Konstitutsiya o'zimizniki” shiori ostida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov bosh qomusimizning yangi tahriri va unga kiritilayotgan o'zgartirishlar mohiyati xususida batafsil tushunchalar berib o'tdi.