Yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilishi taklif etilayotgan normalarning yarmidan ko’pi inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning asosiy kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan. Bugun shu yurtda yashayotgan har bir fuqaro o’zining dahldorlik hissi bilan yashamoqda.
Xususan, Yurtimiz hayotidagi muhim siyosiy tadbir- Referendum arafasida Matematika-informatika fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirokida “…Konstitutsiya o’zimizniki!” mavzusida targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi.
Unda referendum o’tkazish tartibi, bosh qomusimizning yangi tahrirdagi moddalari mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar borasida davra suhbati o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbirida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mamajonov Jahongir Dehqonovich ishtirok etdi.