Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyotini taʼminlashga xizmat qiluvchi Bosh Qomusimizni yanada takomillashtirish, inson qadrini ulugʻlashdek ezgu niyatni unda mustahkamlab qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga taklif berish va uni hayotimiz talablaridan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirish masalasi ilgari surildi. Ayni shu masalada jamoatchilik tomonidan berilgan takliflar Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari tomonidan oʻrganib chiqildi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirish hamda qo’shimchalar kiritishto’g’risidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo’yicha o’tkazilishi kutilayorgan Referendumga tayyorgarlik doirasidagi Farg'ona davlat universitetida San'atshunoslik fakulteti talabalari ishtirokida "Konstitutsiya o'zimizniki!" shiori ostida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Yangi Konstitutsiyaning amaldagi Konstitutsiyamizdan farqi. Amaldagi Konstitutsiya eskituzum ta’siri ruhida “davlat” manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan g’oyalar asosiga qurilgan bo’lsa, Yangi Konstitutsiya “shaxs”ning ya’ni, fuqarolarning manfaatlariga xizmat qilishiga qaratilgan g’oyalar bilan yo’g’rilganligi xususida so’z bordi.