Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 426
  • Ko`rib chiqilganlar 391
    • Takliflar 57
    • Arizalar 328
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

“YANGI KONSTITUTSIYA – KELAJAGIMIZ POYDEVORI”

09:26, 27.03.2023      

Konstitutsiya loyihasida aholi va jamiyatning barcha qatlami manfaatlari aks ettirilganligini inobatga olib, har bir O’zbekiston fuqarosi ishonch bilan “Bu mening Konstitutsiyam!” deya olishiga barcha asoslar bor. Sababi bugun yangidan tug’ilayotgan Konstitutsiyamiz shu yurtinsonlarining taklif va tashabbuslari, xohish-istaklari asosiga qurilgan bo’lib, u to’laligicha xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi.

Xalqimiz hayotidagi muhim siyosiy sana 30-aprel kungi bo’lib o’tadigan Referendum arafasida o’tkazilayotgan targ’ibot tadbirlari keng ko’lamda davom etib kelmoqda.

Xususan, Farg’ona davlat universitetining Fizika-texnika fakultetida “Konstitutsiya o'zimizniki” shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo'yicha targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Unda qonunchiligimizda kiritilgan o’zgarishlar haqida suhbat bo’lib o’tdi.