Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​“YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA BARCHAMIZNIKI!”

10:57, 28.03.2023      

“Yangilanayotgan Konstitutsiya – xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi”. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirish hamda qo’shimchalar kiritishto’g’risidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo’yicha o’tkazilishi kutilayorgan Referendumga tayyorgarlik doirasida Farg’ona davlat universitetida bo’lib o’tgantarg‘ibot tadbirining mazmuni ham shunga qaratildi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Salimova Manzura Alimovna, Viloyat Ma’naviyat-targ‘ibot markazi rahbari Mas’udjon Sulaymonov, universitet jamoasi, keng jamoatchilik, Ommaviy axborot vositalari vakillari, pedagoglar va yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olgan Oliy Majlis Senati a’zosi Manzura Salimova bosh qomusimizning yangi tahriri, kiritilayotgan o‘zgartirishlar mohiyati xususida batafsil tushunchalar berar ekan, so‘nggi olti yilda erishilgan yutuqlar, xususan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, inson huquqlari, ijtimoiy himoya va boshqa ijobiy harakatlarni amaliy misollar bilan izohlab, islohotlar ko‘lamini e’tirof etdi.

Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil va atroflicha javoblar berildi.