Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​O’ZBEKISTON - KOREYA OLIY TA’LIM MUASSASALARI REKTORLARI FORUMI

11:02, 28.03.2023      

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O’zbekiston va Koreya oliy ta’lim muassasalari rektorlar forumi bo’lib o’tdi.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi ilk bora tashkil etilgan ushbu forum oliy taʼlim sohasida olib borilayotgan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi ko’zda tutilgan.

Xalqaro anjuman yakuni boʻyicha 20 ga yaqin memorandum va shartnomalar imzolanib, oʻzaro hujjatlar almashildi.

Xususan, Pusan xorijiy tillar univеrsitеti (Busan University of Foreign Studies) va Farg'ona davlat universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Samimiy muloqotlar chog'ida har ikki tomon rasmiy vakillari- Pusan xorijiy tillar univеrsitеti prorеktori Kwon Ohkyung va Farg’ona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Bahodirjon Shermuhammadov o'zaro hamkorlik aloqalarini har tomonlama rivojlantirib borishga kelishib oldilar.