O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirish hamda qo’shimchalar kiritishto’g’risidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo’yicha o’tkazilishi kutilayorgan Referendumga tayyorgarlik doirasida Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetida "Oʻzbekiston - huquqiy, dunyoviy va ijtimoiy davlat" mavzusida maʼruza tashkillandi.
Unda mamlakatimizda tarixiy voqealikka ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish umumxalq muhokamasiga qoʻyilgani, fuqarolarning yashash sharoitini yanada yaxshilash va ularning turmushidan rozi boʻlib yashashlari uchun xizmat qilishi hamda ushbu jamiyatimizda sodir bo’layotgan barcha o’zgarishlarning debochasi bo’lishi kabi masalalar yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, Yangi Konstitutsiyada yoshlarning huquq va manfaatlari qonun bilan mustahkamlab qo’yilayotgani, yurtimizda yoshlarga bo’lgan juda katta e’tiborning na’munasi ekani haqida batafsil tushuntirib, 30-aprel kuni bo’ladigan Referendumda faol ishtirok etishga chorladi.