Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

TEATR – MA’NAVIYAT O’CHOG’I

10:53, 29.03.2023      


Xalq ko`z o`ngida inson dardi va kechinmalarini rollar orqali ijro eta olishning o`zi ham jasorat. Oliy ta`lim muassasalaridagi mana shunday jasoratga egan eng sara iste`dodli yoshlar bugun o`zlarining sahnalashtirgan spektakllarini bilan ma`naviyatni, ezgulikni targ`ib etishmoqda.

Talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda teatrga bo'lgan qiziqishlarini oshirish bilan birga sahna madaniyatini o’rgatish maqsadida Farg’ona davlat universitetida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti talabalari va tyutorlari ishtirokida O'zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi Farg'ona viloyat musiqali drama teatrida "AhmadFarg'oniy" nomli spektakl namoyish etildi. Yurtimizda yetishib chiqqan buyuk allomalarimizdan biri bo’lgan Ahmad al-Farg’oniy hayoti va uning tarixi haqida hikoya qiluvchi ushbu sahna asari talabalarda katta taassurotlar qoldirdi.