Oʻzbekistonda amalga oshirilgan islohotlar mamlakatimizni har jihatdan taraqqiy etayotgan katta davlatga aylantirmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, boshlangan tub oʻzgarishlarni yangi bosqichga ko’tarilishi uchun yanada ko’proq imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Ayni kunda xalqimizning taklif va tashabbuslari asosida ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasini tasdiqlash uchun o’tkaziladigan Referendum bo’yicha targ’ibot tadbirlari keng olib borilmoqda.
Xususan, Farg’ona davlat universitetining Fizika-texnika fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida referendumda qatnashish tartibi, yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyati, uning yoshlar hayotida tutgan muhim o'rniga bag'ishlangan “Yangi Konstitutsiya - mening taqdirim!” mavzusida tadbir tashkil etildi.