Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O’YINLARI

12:44, 29.03.2023      

Yangi O'zbekistonda yoshlar siyosatini zamon talabidan kelib chiqib takomillashtirishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning tashabbuslarini alohida ta'kidlash lozim. Davlatimiz rahbarining yoshlar kamolotiga qarayotgan doimiy e'tibori, ayniqsa, ta'lim islohotlarida yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Bu islohotlarning yutug'i esa yoshlarning davlat va qonunlarga ishonchini kuchaytirmoqda.

Xususan, “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori yoshlarimiz orasida yangi-yangi zakovat sohiblari va intellekt egalarini kashf etishga keng yo’l ochdi.

Ushbu qaror ijrosini bajarish hamda talaba-yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlarini ta’minlash maqsadida Matematika-informatika fakultetida “Zakovat” intellektual klubi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida talabalalar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.

Bunda fakultetning 5 ta jamoasi o'zaro kuch sinashishdilar va natijaga ko'ra,

1-o'rinni "Atom" jamoasi,

2-o'rinni "Alfa" jamoasi,

3-o'rinni "Everest" jamoasi qo'lga kiritdi.