Pedagogika-psixologiya fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida referendum o’tkazish tartibi, bosh qomusimizning yangi tahrirdagi moddalar mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar borasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda fakultet rahbariyati hamda talaba-yoshlar ishtirok etib, Yangi Konstitutsiya loyihasining inson huquqlari va erkinliklari boʻlimi yuzasidan suhbat olib bordilar. Unda inson huquqlariga oid normalar 3 baravardan koʻproqqa oshirilayotgani, inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qatʼiy etib belgilanayotgani shuningdek, insonga eʼtibor hamda gʻamxoʻrlik davlat va jamiyatning eng asosiy burchi sifatida qonun bilan mustahkamlanayotgani jamiyatimizda inson qadrining yanada yuksalishidan dalolat ekani to’g’risida ta’kib o’tildi.
Tadbir so’nggida Yangilanayotgan Konstitutsiya jamiyatimiz taraqqiyotining mustahkam asosi ekan, 30-aprel kuni bo’ladigan Referendumda barcha yoshlarni faol ishtirok etishga chaqirdilar.