O'zbekiton - yoshlar mamlakati. Shu bois, yoshlar ta'lim-tarbiyasi va kamolotiga alohida e'tibor qaratiladi. eng avvalo, bu sohadagi ishlarni tashkil etishning huquqiy asoslari doimiy takomillashtirib borilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida"gi qonunda yoshlarni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilish, iste'dodini qo'llab-quvvatlash masalalari qamrab olingan.
Ushbu qonun doirasida Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zoligiga saylangan va respublika komissiyasiga tavsiya etilgan nomzodlar ro‘yxatida Farg’ona davlat univrsitetning Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi, Farg’ona davlat universiteti Volontyorlik markazi bosh koordinatoriHusniddin Tohirov Zokirjon o'g'li O'zbekiston Liberal Demokratik Partiyasidan nomzod sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Yoshlar parlamenti a'zosi sifatida e'tirof etildi. (https://uzlidep.uz/news-of-party/14120).
Izlanuvchan yoshlarimizning bu kabi yutuqlari katta imkoniyatlar eshigini ochishiga hamda oliygoh yoshlari uchun katta motivatsiya bo’lishiga ishonamiz.