Oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonlari zamonaviy oliy ta’limni axborotlashtirish jarayonining jadallashuvi bilan tavsiflanadi, bu bir tomondan, media resurslaridan foydalanish va o‘quv jarayoniga mediamadaniy texnologiyalarni joriy etish uchun yangi istiqbollarni ochadi, ikkinchi tomondan, pedagogik nazariya va amaliyotni talabalarga jumladan bo’lajak xorijiy til o’qituvchilariga ta’lim berishning yangi usullarini izlashga majbur qiladi, o‘qitishni maksimal darajada individuallashtirish bilan talaba shaxsining kasbiy komponentini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.
Mediata’lim - bu ommaviy kommunikatsiya vositalarining (massmedia) yordami va materiallari hisobidan ular bilan muloqot qilish madaniyatini, ijodiy, kommunikativ ko‘nikmalarni, tanqidiy fikrlashni, to‘liq idrok etish, media matnlarni, ya’ni ommaviy media orqali tarqatiladigan turli xil asarlar tahlil qilish, talqin qilish va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun shaxsni rivojlanish jarayonidir. Farg’ona davlat universitetining Chet tillari fakultetida bo’lib o’tgan ilmiy kengashda ham shu mavzudagi dissertatsiya ishi himoyasi bo’lib o’tdi.
Unda fakultetning Gumanitar yo'nalishlar bo'yicha chet tillarikafedrasi katta o'qituvchisi - Umurzaqova Bonuxon Azizovna 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi ixtisosligi bo’yicha«Bo'lg'usi xorijiy til o'qituvchilarining fanlararo hamkorlik asosida mediamadaniyatini rivojlantirish tizimi» mavzusidagipedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini Farg'ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07 raqamliIlmiy kengashda 100% ovoz bilan himoya qildi.