Prezidentimiz joriy yilning 20 iyunida Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda yangilangan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, umuman, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat yaratishi lozim ekanini alohida ta’kidlab o‘tgan edi.
Bu ayni haqiqatdir. Zero, har qanday Konstitutsiya hayotiy bo‘lishi lozim, ya’ni u mamlakatning ijtimoiy va huquqiy voqeliklariga, xalqning orzu-umidlari va kelajak istiqboliga, xususan, zamon talabiga mos kelishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasini tasdiqlash uchun o’tkaziladigan Referendum bo’yicha olib borilayotgan targ’ibot tadbirlari doirasida Farg'ona davlat universiteti katta majlislar zalida “O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Unda Farg‘ona shahar hokimi V.Nazarov, universitet birinchi prorektori P.Otaqulov va 200 nafar ona-onalar, professor-o‘qituvchilar va mahalla faollari ishtirok etdi.