Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK

14:22, 31.03.2023      


Mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va oliygohda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va malakali, sifatli, yetuk kadrlarni tarbiyalash borasida olib borilayotgan say harakatlar, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, kun islohotlaridan xabardorlik darajasi, talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari kabi masalalar yuzasidan Farg’ona davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakultetida “Talaba-yoshlarning ta’lim tarbiyasini rivojlantirishda oliy ta’lim muassasasi va ota-onalar hamkorligi” mavzusida ota-onalar yig’ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda fakultet rahbariyati hamda bitiruvchi bosqich talabalarining ota-onalari ishtirok etdilar.

Kun tartibida:

•Talabalarning universitet odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari,

•2022-2023 o’quv yili birinchi yarmi yakunlari,

•Darslardagi davomat,

• Talabalarni rag’batlantirish masalalari

ko’rib chiqildi.

Yig’ilishda bir guruh faol talabalar ota-onalariga tashakkurnomalar berildi.