Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

TALABALAR TEATR STUDIYASI

14:38, 31.03.2023      


Teatr insonlarni ma’naviy tarbiyalashga, ularning bilim va madaniyatini boyitishga, o‘zaro mehr-oqibat, hurmat va do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan maskandir.

O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrdagi qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, talaba-yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, iqtidorli-yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida Fizika-texnika fakulteti faol talaba-yoshlari tomonidan “Jaydari kelin”nomli musiqiy, komedik spektakl namoyish etildi.

Spektakl so’nggida mamlakatimizning madaniyati hamda sanʼati taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, ko‘plab buyuk san’atkorlarning ibratli hayoti va samarali faoliyati ham e’tirof etib o‘tildi.