Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

YANGI KONSTITUTSIYA – HARBIYLAR NIGOHIDA!

15:01, 31.03.2023      

So‘nggi yillarda xalqimiz yangi ulug‘vor marralar sari sobit qadamlar tashlagancha barcha to‘siq va qiyinchiliklarni yengib o‘tib, mohiyatan bir-birini taqozo etuvchi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy sohalardagi izchil islohotlarni amalga oshirmoqda.

Bugun yangi O‘zbekiston demokratik prinsiplar, inson huquq va erkinliklari borasida umume’tirof etilgan prinsip va normalarga asoslangan, bosh maqsadi xalq uchun erkin, obod hamda farovon hayot yaratib berishdan iborat bo‘lgan davlatga aylandi. Shunday ezgu maqsadlardan biri aholining keng qatlami va saylovchilar xohish-irodasi bo‘lmish konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishdan iboratdir.

Ayni kunda xalqimizning taklif va tashabbuslari asosida ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasini tasdiqlash uchun o’tkaziladigan Referendum bo’yicha targ’ibot tadbirlari keng olib borilmoqda. Xususan, Harbiy ta'lim fakulteti rahbariyati hamda fakultet jamoasi ishtirokida “Konstitutsiya o’zimizniki!” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda fakultet boshlig'i polkovnik I.Saidov ofitserlar, o'qituvchilar, tyutorlar va ishchi-xodimga konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan ma'ruza qildi.