Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​“MEN KELAJAKKA BEFARQ EMASMAN”

11:35, 01.04.2023      

Yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlarga oid qator normalar, hatto bitta alohida bob “Oila, bolalar va yoshlar” masalasiga bagʻishlandi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan ilk marotaba uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojini taʼminlash davlatning vazifalari qatoridan joy olmoqda. Mazkur qoidalarning Konstitutsiya darajasida belgilanishi, bolalar bogʻchasidan tortib, toki universitetlargacha, barcha taʼlim tashkilotlarini ular davlatniki yoki xususiy ekanligidan qatʼiy nazar, rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy zamin boʻladi.

Xalqimizning faolligi va befarq emasligi o‘z istiqboliga, yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi kejakka umid hamda ishonch uyg‘otadi. Yoshlar qalbida kelajakka bo’lgan ulkan ishonchni yanada yuksaltirish maqsadida Farg’ona davlat universitetiningJismoniy madaniyat fakulteti talabalar turar joyida "Yangilanayotgan Konstitutsiya – yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi! " shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.