Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​UNIVЕRSITЕT KЕNGASHINING 8-SONLI YIG‘ILISHI

11:37, 03.04.2023      

Kengash avvalida oliygoh rektori,pedagogika fanlari doktori, professor Bahodirjon Shermuhammadov o'z nutqida barcha kengash ishtirokchilarini muborak Ramazon oyi munosabati bilan tabriklab, xonadonlariga tinchlik, baraka tiladi.

Kengash avvalida, Farg'ona davlat universiteti sha'ni uchun munosib harakat qilayotgan, oliygohda o'z bilimi va intiluvchanligi bilan ta’lim , sport va boshqa sohalarda tengdoshlariga o'rnak ko'rsatayotgan faol talabalarimiz hamda o’z bilim va malakalari bilan universitet salohiyatini yuqoriga ko’tarishga xizmat qilayotgan quyidagi professor-o’qituvchilar turli ilmiy darajadagi diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar. Jumladan:

  • 1.Tilshunoslik kafedrasi professori – Zokirov Muxtorali Turdaliyevich – Professor unvoni bilan;
  • 2.Jismoniy madaniyat fakulteti dekani - Yuldashev Ikromjon Abdulazizovich – Dotsent unvoni bilan;
  • 3.Psixologiya kafedrasi dotsenti – Zaynobiddinov Jalolidin – Dotsent unvoni bilan;
  • 4.Harbiy ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi – Mamadjanov Alisher Muratovich – Dotsent unvoni bilan;
  • 5.Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi o'qituvchisi - Qayumova Yorqinoy KobilovnaBiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
  • 6.O'zbekiston tarixi kafedrasi o'qituvchisi - Xakimova Saida Baxtiyorovna Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
  • 7.Jahon tarixi kafedrasi katta o'qituvchisi - Farmanova Gulnara Komilevna Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
  • 8.Gumanitar yo'nalishlar bo'yicha chet tillari kafedrasi o'qituvchisi - A'zamova Gulasal Sodiq qizi -Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
  • 9.Tasviriy san'at kafedrasi mudiri - Qurbonova Barchinoy MirzahamdamovnaPedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
  • 10. Falsafa kafedrasi o'qituvchisi - Yuldashev Farrux Abduraxmanovich Falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
  • 11. Psixologiya kafedrasi o'qituvchisi - Usmonov Sherzod Ahmadjonovich Psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
  • 12. Dubay 2023 Jahon para atletika Grand Pri musoboqasida yadro uloqtirish yo‘nalishida faxrli 3-o‘rin, nayza uloqtirish bo‘yicha faxrli 1-o‘rini egalagan - Jismoniy madaniyat fakulteti 3 kurs 20.48 gurux talabasi – Ergasheva Roziyaxon Abdulxakim qizi;
  • 13. Dubay 2023 Jahon para atletika Grand Pri Musoboqasida yadro uloqtirish yo‘nalishida faxrli 2-o‘rin, nayza uloqtirish bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni, disk uloqtirish bo‘yicha faxrli 1- o‘rinlarni egalagan - Jismoniy madaniyat fakulteti 3 kurs 20.52 gurux talabasi - Odilov Yorqinbek Olimbek o‘g‘li;
  • 14. Buxoro viloyatida Milliy kurash sport turidan bo‘lib o‘tgan Universiada-2023 musoboqasida 60 kg vaznda faxrli 2-o‘rini egalagan - Jismoniy madaniyat fakulteti2 kurs 21.45 guruh talabasi – Xatamov Asadbek Akmaljon o‘g‘li kabi bir qator sovrindorlar oliygoh rektorining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, Taqdirlash ma’rosimida Qozog’iston Xalqi Assambleyasi Qozog’iston RespublikasiO’zbeketnomadaniy Birlashmalari “Do’stlik” Hamjamiyati raisiI.XoshimjanovningFarg’ona davlat universiteti rektori,pedagogika fanlari doktori, professor Bahodirjon Shermuhammadovga yuborgan “Tashakkurnoma”si va esdalik sovg’alarini topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

Taqdirlash marosimidan so’ng kunning muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Xususan,

  • Yo‘riqnoma hujjatlar ijrosi;
  • 2022-2023-o‘quv yili birinchi yarmi yakunlari hisoboti;
  • 2022-2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo’yicha Milliy dastur ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlili;
  • Oliy ta’lim muassasasi reytingi ko’rsatkichlari bo’yicha kafedralarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va navbatdagi vazifalar;
  • Turli masalalar. Kafedralar huzurida ilmiy tadqiqot markazlarini tashkil etish yo’nalishidagi asosiy vazifalar to’g’risida;
  • Dissertatsiya mavzularini tasdiqlash;
  • Ilmiy unvonlarga tavsiya etish;
  • Nashrga tavsiya etish va boshqa tashkiliy masalalar va ularning tanqidiy-tahlili kun tartibidan o‘rin egalladi.