Pedagogik tahlil va tanqid barcha yo‘nalishlar bo‘yicha erishilgan samarali natijalar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan maqsadlar haqidagi fikr-mulohazalar har bir pedagogning ezgu tashabbuslar bilan ishlashga undaydi. Yangi ilg‘or g‘oyalarni ilgari surishga, o‘zi uchun, ona yurtining porloq istiqboli uchun yanada serg‘ayrat bo‘lib harakat qilishga chorlaydi.
Pedagogik jamoa a’zolari o‘z kasblariga nisbatan fidoyilik xislatini yanada oshirishga intilishlari shart. Bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda, har bir pedagog xodim yoshlarning ta’lim tarbiyasi, kiyinish madaniyati darslardagi ishtiroki, amaliy hamda nazariy mashg‘ulotlarda vaqtida qatnashishi, о‘g‘il-qizlarni о‘z ustilarida tinimsiz izlanishlar olib borishlari kabi masalalarga jiddiy ahamiyat qaratishi zarurligi kabi masalalar yuzasidan Farg’ona davlat universitetining Chet tillari fakulteti Kengashining 8-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda fakultet rahbariyati hamda professor o’qituvchilar ishtirok etdilar. Yig’ilish davomida fakultetning 2022-2023 o’quv yilining 1-yarim yillik Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, o’quv-uslubiy masalalar yuzasidan kafedralar hisoboti tinglandi. Kamchiliklar muhokama qilindi, kelgusidagi rejalar o’rtoqlashildi.
Shuningdek, jamoada yoshlarga o’rnak ko’rsatgan pedagoglar fakultet dekani tomonidan munosib rag’batlantirildi.