Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

XALQARO SEMINAR

15:11, 04.04.2023      

Sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, raqamli ma'lumotlarni yig'ish, saqlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish maqsadida hozirda yurtimizda ushbu sohada malakali kadrlarni tayyorlash, mazkur yo'nalishdagi ilmiy-loyihalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O'z navbatida sun'iy intellektni ilm-fanga joriy etish uchun malakali kadrlar sonini oshirish talab etiladi. Negaki aynan o'z kasbining ustasi bo'lgan mutaxassislar barcha jabhalarga sun'iy intellekt kirib borishida asosiy omil bo'ladi.

Farg’ona davlat universitetining Matematika-informatika fakultetida ushbu mavzu yuzasida xalqaro seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Q.Raximov hamda katta o'qituvchi M.Onarqulovlar xalqaro TOP 300 talik Oliy ta’lim muassasalar safidan joy olgan L. N. Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universitetining Axborot texnologiyalari fakulteti, Axborot xavfsizligi kafedrasi doktoranti va magistrlariga "Suniy intellektning qo‘lanilish sohalari" mavzusida seminar-treningda ma’ruza qildilar.