Xalqaro hamkorliklar doirasida Farg’ona davlat universitetida 27–31-mart kunlari Xitoy Fanlar akademiyasi professori Zhou XinyingJahon tarixi kafedrasining tarix hamda arxeologiya ta’lim yo‘nalishi talabalariga dars mashg‘ulotlari olib bordi.
Tashrif davomida hamkorlik aloqalarini yangi yo‘nalishlarda rivojlantirish, jumladan, mediyevistika va sharqshunoslik sohalarida aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Tashrif so‘nggida Xitoy Fanlar akademiyasi vakili tomonidan kafedra qoshidagi ilmiy markazga qiymati 30 million so‘mlik zamonoviy texnika vositalari, shu jumladan arxeologik topilmalarning yoshi va tarkibini aniqlashda ishlatiluvchi eng so‘nggi turdagi elektron mikroskop jamlanmasi sovg‘a qilindi.
Hamkorlik aloqalari yangi jabhalar – mediyevistika va sharqshunoslik sohalarida davom etadi.