Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ilm-fanga keng jalb qilish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida Pedagogika-psixologiya fakultetida dekan va talaba-yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Shuningdek muloqot davomida ushbu sohada muayyan yutuqlarga erishgan isteʼdodli yoshlarning mazkur sohada ilg‘or tajribaga ega davlatlar tomonidan tashkil etiladigan anʼanaviy va masofaviy kurslarda ishtirokini tashkil etish hamda yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun yanada kengroq imkoniyat yaratish, kabi muhim masalalr yuzasidan mulohazalar tinglandi.
Uchrashuvda fakultet talaba-yoshlari tomonidan berilgan taklif va savollarga fakultet rahbariyati tomonidan javoblar berildi.