Yangilanayotgan Konstitutsiyada mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyoti, xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat sifatida O‘zbekiston “suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat” ekanligi hamda ushbu prinsipial qoidalarni o‘zgartirish mumkin emasligi alohida belgilab qo‘yilmoqda.
Ushbu konstitutsiyaviy qoidalar zamirida mustaqilligimizni asrab-avaylash va yanada mustahkamlash, kelajak avlodlarga ozod va erkin Vatan qoldirish, xalq manfaatlari ko‘zlangan islohotlar yo‘lidan ortga qaytmaslik, qonun va adolat ustuvorligi, insonga e’tibor va g‘amxo‘rlik kabi muhim qadriyatlar mujassam bo‘lib, ular davlatchilikning tamal toshlari sifatida mustahkamlanmoqda.
Respublikamizda 30 aprelda o‘tkazilishi kutilayotgan muhim siyosiy jarayon-umumxalq referendumi targ‘iboti doirasida Jismoniy madaniyat fakultetida “Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkillandi.
Tadbirda Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi raisi T.Vaxobov, Jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudi sudyasi - M.Abdubannobov, universitet proflaktika inspektori, kapitan G‘.Mirzayevlar ishtirok etdilar.