Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

PROFILAKTIKA KUNIDA

13:09, 05.04.2023      


Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga ta’sir etuvchi salbiy illatlarni bartaraf etish maqsadida Chet tillari fakultetining kechki taʼlimi talabalariga universitet profilaktika inspektori, podpolkovnik- M.Kamolova tomonidan "Yoshlarning ma'naviy-axloqiy holatiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo'llari" ga mavzusida targ'ibot tadbiri bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida tadbir mehmonlari tomonidan maʼruzalar qilindi. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar qatorida huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik va ularni oldini olish borasida qator ishlar olib borilayotganligi, mazkur uchrashuv mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy madaniyatimizga yot bo‘lgan zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratilganligini alohida ta’kidladilar.

Tadbirda talaba-yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.