Qiz bola tarbiyasi o’ta nozik tarbiyadir. Bu gapning zamirida katta ma’no mujassam. Yoshlikdan qizlarni ozodalikka, shirinsuxanlikka, o’zidan kattalarni doimo hurmat qilib borishga azaliy qadriyatlarimizdan biridir.
Keyingi paytlarda qizlar tarbiyasida nuqsonlar uchrab turibdiki, bularni bartaraf etish ota-onalar va pedagoglar zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklamoqda. Qiz bola shunchaki qiz bola bo‘lib qolishi mumkin emas. U juda nazokatli, iffatli, iqboli, sabr-bardoshli, oqila, mehribon bo‘lishi kerak. O'zbek xonadoni borki, agar unda qiz o‘sayotgan bo‘lsa, shu xonadon sohiblarining ko‘nglida g‘urur, surur, shukur va qiz sha’ni bilan bog‘liq or-nomus ham yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ham xalqimiz qiz bolaning ma’naviy yetuk, komil inson bo‘lib o‘sishi uchun alohida ahamiyat beradi.
Tabiiy fanlar fakultetida bo’lib o’tgan “Qizlar davrasida” nomli tadbirning maqsadi ham talaba-qizlarning odob-ahloq masalalarida bag’ishlandi.
Unda fakultetning xotin-qizlar Kengashi tomonidan 1-sonli Talabalar turar joyida talaba – qizlarning ta’lim-tarbiyasi va odob-axloqi, kitobxonlik madaniyati kabi masalalar yuzasidan muloqot olib borildi.