Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

BU BIZNING TALABA!

13:22, 05.04.2023      


“Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonun amalda yoshlar huquq -manfaatlarining huquqiy kafolatlarini yanada kuchayayotganligini anglatish barobarida ertangi kunda mamlakatimiz yoshlarining yangi-yangi marralarni zabt etishiga, ularning yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishiga zamin yaratmoqda.

Xususan, “Yoshlar ishlari agentligi” huzurida tashkil etilgan “Kelajak: ilmli qizlar hamjamiyati” ta’lim-almashinuv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan Farg’ona davlat universiteti talabasi Durdona Ergasheva “Ayollar taʼlimi, jamiyatning ilmlilik darajasini belgilaydi” mavzusidagi notiqlik tanlovida g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Shuningdek,ushbu talaba dastur davomida olgan nazariy bilimlarini amalda qo’llab, 30 ga yaqin ilmiy maqolasi Respublika va xorijiy jurnallarda chop etilishiga muvaffaq bo'ldi.