Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

XALQARO ILMIY – NAZARIY KONFERENSIYA

10:41, 06.04.2023      

O'zining yetuk va ulug' siymosi bilan bashar eliga tarixiy ibrat bo'lgan mohir sarkarda hayoti, uning bosib o'tgan yo'lini o'rganish bugun har bir o'g'il-qizlarimiz uchun sharafdir. Adolat va ulug'vorlik timsoli, dunyoni lol etgan buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi bugun yurtimizda keng nishonlanmoqda.

Ushbu qutlug’ sana munosabati bilan Farg’ona davlat universitetining Tarix fakulteti tomonidan “Amir Temur – jahon tarixida” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman tashkil etildi. Anjumanda oliygoh rahbariyati va bir qator tarixshunos olimlar hamdayosh tarixchilar ishtirok etdilar.

Anjumanni oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammedov ochib berar ekan, u o’z nutqida, “O'zbek davlatchiligini yuqori bosqichga ko'tara olgan, milliy tiklanish uchun xalqqa tarixiy tayanch bo'lgan sohibqiron nafaqat o'z davrida, balki bugun ham Yangi O'zbekiston taraqqiyotida o'z o'rniga ega. E'tirof etish zarurki, buyuk sarkarda nafaqat mamlakatimiz, balki jahon tarixida ham tub burilishlar sodir etgan shaxs sifatida yuksak ahamiyatga ega” deya, ta’kidladi.

Shuningdek anjumanda,

  • -Samarqand davlat universitetining tarixchi olimi – Irisqulov Olimjon Jahongirovich – “Amir Temur va temuriylar davrida Samarqand”;
  • -Farg’ona davlat universiteti tarixchisi – Begimqulova Laylo Mashrabovna – “Samarqand taxti uchun kurashda kuchlar nisbati”;
  • -Samarqand davlat universitetining tarixchisi – Buzrukov Muhammadixon Jamolxonovich – “Temuriylar davrida tasavvuf”;
  • -Farg’ona davlat universiteti tarixchisi – Isroilov Nodir rahimjonovich – “Fransiyada Amir Temur hayoti va davlatchilik faoliyatining o’rganilish bosqichlari (XV-XVI asrlar)”;
  • -Samarqand davlat universitetining tarixchisi – Mahmudov Toxir Isayevich – “Temuriylar davri ta’limtizimi”;
  • -O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarix fakulteti tayanch doktoranti – Anvarov Doniyor Bahodir o’g’li – “Amir Temur davri tarixini Eronda o’rganilishi bo’yich tarixchilar maktabi va ilmiy tadqiqot muassasalarining faoliyati”;
  • -Farg’ona davlat universiteti tarixchisi – Yo’lashev Saidanvar Bahromjon o’g’li – “Amir temur va temuriy hukmdorlarining farmon hamda maktublari tarixiy manba sifatida”;
  • -Farg’ona davlat universiteti tarixchisi – Mirzaliyev Ulug’bek Abdurashidovich – Amir Temur arab muarrixlari nigohida (Ibn Tag’riberdi asarlariga sharx) kabi bir qator tarixchilarning ilmiy-amaliy xulosalari asosidagi nutqlari, ma'ruzalari eshitildi va qarashlari o'rganildi.