So’nggi yillarda jamiyatimizda chet tillarini o’rganish o’z-o’zini rivojlantirishning bir usuli emas, balki zarurat bo’lib qolmoqda. Chet tillarini o’rgatishda o’rganuvchining Yoshi muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa u maktabgacha yoshdagi bolalar bo’lsa, chet tillarini o’zlashtirishi juda yuqori natija beradi.
Maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining ingliz tiliga o’rgatish usullarining ilmiy yondashuvlari yuzasidan farg’ona davlat universitetida ilmiy seminar bo’lib o’tdi.
Seminarda Chet tillari fakulteti Gumanitar yo'nalishlar bo'yicha chet tillari kafedrasi o'qituvchisi - Turdikulova E'zozxon Erkinjon qizining 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo’yicha "Maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining ingliz tilidagi leksik zaxirasini shakllantirish va takomillashtirish" mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi Farg'ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FIL.05.02 raqamlibir martalik Ilmiy kengash ilmiy seminaridanmuvaffaqiyatli o'tdi.