Yangilanayotgan Konstitutsiya taraqqiy etgan davlat – Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligi, bir so‘z bilan aytganda, loyiha tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotganligi alohida ta’kidlash mumkin.
Konstitutsiyamizning yangi tahrirdagi loyihasi targ'iboti bo'yicha Farg’ona davlat universitetida talaba-yoshlar uchun Farg'ona tumanlararo ma’muriy sudi raisi Solijon Kurbonov va sudyalar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Konstitutsiyada kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar olishi belgilab qo’yilgani hamda davlatning ijtimoiy majburiyatlariga doir normalar uch barobarga oshayotgani to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi.