Har qanday davlatning rivoji uning bilimli, zukko, iqtidorli yoshlar jamiyati bilan chambarchas bog‘liq ekan, avvalo ana shunday iqtidor egalarining iqtidorini yuzaga chiqarish, ularning yangi yaratuvchanlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ona Vataniga sadoqat ruhida kamol topishiga imkon yaratish barcha davlatlarning bosh siyosatidir.
Har yili talaba – yoshlar o’rtasida o’tkazib kelinayotgan "Talaba bahori" yoshlar fesivali ko’rik-tanlovining asosiy maqsadi ham yangi-yangi yosh iqtidor egalarini kashf etishga yo’l ochmoqda. Farg’ona davlat universitetida start olgan "Talaba bahori - 2023" ko’rik-tanlovining birinchi ishtirokchilari Ingliz tili va adabiyoti fakulteti yoshlari jamoasi bo’ldi.
Mazkur tanlovda iste'dodli, zukko va quvnoq talaba-yoshlar jamoasi ishtirok etdilar.Tadbir davomida jamoalarning turli shartlar bo'yicha chiqishlari hakamlar hay'ati tomonidan baholab borildi.