Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

VATANIM TAQDIRIGA BEFARQ EMASMAN!

11:43, 06.04.2023      

Konstitutsiyada mahallalarga aholining kundalik muammolarini hal qilish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolatlari berish, buning uchun tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar yaratish belgilanmoqda.

Bularning barchasi, davlat hokimiyatida hisobdorlik, shaffoflik, samarali qaror qabul qilish va uning natijadorligini oshirishga xizmat qiladi. Konstitutsiya toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʻyicha o’tkazilishi kutilayotgan Referendum doirasida Chet tillari fakultetida, Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Mening o'zligim — g'urur, nomusim, Konstitutsiyam — oliy Qomusim!” shiori ostida tadbir o'tkazildi.

Tadbirda Toshkent davlat Yuridik universiteti ishchi guruhi, fakultet professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Unda Referendum, bosh qomusimizning yangi tahriri, yangi kiritilayotgan moddalar mazmun-mohiyati haqida to'liq ma'lumot berib o'tildi.