“Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta qashshoqlik esa bilimsizlikdir. Oldimizga qo‘ygan barcha maqsadlarimizga erishish uchun ilmli, zamonaviy bilimlarni egallagan mutaxassislar, yangicha fikrlaydigan yosh avlod kerak. Bunday avlodni bugun tarbiyalashimiz zarur”.Davlatimiz rahbarining har bir yo‘nalish bo‘yicha aytayotgan bu kabi fikrlari, oldimizga qo‘yayotgan vazifa va maqsadlari bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichda davom ettirishga katta turtki bo‘ladi.
Agrar qo‘shma fakulteti rahbariyati,tyutorlari hamda yoshlar ittifoqi yetakchisi boshchiligida "Zakovat" intellektual turniriningbirinchi bosqich talabalari o‘rtasida saralash o'yinlari bo‘lib o‘tdi.
Qiziqarli savol va javoblar bilan o‘tgan baxsda g‘olib jamoa aniqlanib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldilar.