Huquqiy davlatchilik sari intilgan har qanday demokratik jamiyatda Konstitutsiya ustuvor ahamiyat kasb etadi. Binobarin, Konstitutsiya insoniyatning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish va tashkil etish borasida kashf etgan eng muhim yutuqlaridan biridir. Konstitutsiya dinamik, yaʼni doimiy harakatdagi, oʻsish va rivojlanish jarayonidagi hujjatdir. U hayot joʻshqinligi va oʻzgarishlarini oʻzida aks ettiradi.
Umumxalq Referendumi kun tartibiga kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida Davlat Xavfsizlik Xizmati Chegara Qo‘shinlari Farg‘ona viloyatida joylashgan Harbiy qismda 30-aprel kuni bo’lib o’tadigan Referendum bo‘yicha targ'ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Viloyat Adliya boshqarmasi, Viloyat Yoshlar Ittifoqi xodimlari Farg’ona davlat universitetining professor-o‘qituvchilari va sportchi talabasi - "Tokio - 2020" olimpiada o'yinlari sovrindori Yorqinbek Odilov ishtirok etdi.