Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

PROFILAKTIK TADBIR

12:43, 06.04.2023      


So’nggi yillarda jinoyatlarning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik yanada kuchaytirildi..

Yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash, ular o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishdan asrash maqsadida Farg’ona davlat universitetiningMatematika - informatika fakultetida profilaktik tadbir tashkil etildi.

“Talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish vazifalari” mavzusida bo’lib o’tgan ushbu tadbirda profilaktika inspektori, kapitan G‘.Mirzayev ishtirok etdi. Olib borilgan keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar natijasida talaba-yoshlarda jinoyatchilikka qarshi kurashishga va huquqbuzarliklarning oldini olishga daxldorlik hissi shakllandi.