Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 503
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 393
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

TABIATNI TOZA ASRAYLIK!

14:45, 06.04.2023      

Yoshlar, umuman xalq orasida ekologik madaniyatni shakllantirsakkina, insoniyat bosh qotirishi lozim bo‘lgan muammolarning oldini olgan bo‘lamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi, Farg’ona davlat universiteti Volontyorlar markazi hamda “Ekolog” jamoat birlashmasi hamkorligida “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz!” shiori ostida eko volontyorlar ishtirokida "Plogging" aksiyasi ya'ni chiqindilarni yig‘ish marafoni ana shunday maqsadga xizmat qildi.

Quvanarlisi shundaki ploggingda Farg’ona davlat universitetidan 40 nafarga yaqin talabalar qatnashib chiqindilardan tozaladilar va atrof-muhit tozaligiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.