Asosiy qonunimiz xalqimiz uzoq yillar orzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlanish yo‘limiz, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasining Yangi Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Konstitutsion islohotlar O’zbekiston xalqining hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lishiga, huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishiga xalqimiz tomonidan yuksakishonch bildirilmoqda.
Konstitutsiyaviy Qonunlar loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida Farg‘ona davlat universiteti Agrar qo‘shma fakultetining 7-sonli talabalar turar joyida fakultet rahbariyati va tyutorlar boshchiligida "Konstitutsiya o‘zimizniki" shiori ostida "Talaba oqshomi" bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, tadbirda talabalar uchun osh tarqatildi.