Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 425
  • Ko`rib chiqilganlar 391
    • Takliflar 57
    • Arizalar 327
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​NAZARIYDAN - AMALIYOTGA

09:00, 07.04.2023      

So’nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini isloh qilish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqarishga fan-texnika yutuqlarini, yangi texnika va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish ishlari rivojlanib, Respublikamizning agrar tarmog‘ida olib borilayotgan agroiqtisodiy islohotlarning amaliyotga tatbiq etilishi, xususan, yer resurslaridan samarali foydalanish tamoyillariga alohida e’tibor qaratilishi o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.

Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarning mavsumiyligini inobatga olib, Farg’ona davlat universitetining Agrar qo'shma fakultetida Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va dorivor o'simliklar kafedrasi professor-o'qituvchilari innovatsion loyihada yutib olingan valeriyana dorivor o'simligini ekib yetishtirish uchun yerlarni begona o’tlardan tozalab, yangi navlarni yaratish uchun zamin hozirlamoqdalar.