Ma’lumki, talaba-yoshlar o‘rtasida sog’lom turmush tarzini ommalashtirish, jamoada sog’lom muhitni keng targ’ib etish maqsadida, joriy aprel oyligi- oliygoh miqyosida “Salomatlik oyligi” deb e’lon qilingan.
Bugun erta tongda mazkur oylikning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Universitet hududidan start olgan yurish marofoni-oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida Sport-sog‘lomlashtirish majmuasi sari yo’naldi.
Vatanparvarlik tuyg’ularini tarannum etguvchi musiqa sadolari ostida Sport-sog‘lomlashtirish majmuasiga kirib kelgan universitet jamoasi hamda yoshlar tongi badantarbiya mashg'ulotlarini bajardilar va sport turlari bo‘yicha turli chiqishlar namoyish etildi.
Marafon yakunida 21-mart “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan universitet talabalari o‘rtasida sportning kurash, arqon tortish, tosh ko‘tarish, armlesling va Workout turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar go'liblari munosib taqdirlandi.