Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

BU BIZNING CHEMPION!

11:17, 10.04.2023      

O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi 2007 yilda tashkil etilgan. O‘tgan davr mobaynida tashkilot Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi, xalqaro federatsiyalar hamda milliy paralimpiya qo‘mitalari bilan faol hamkorlikda imkoniyati cheklangan insonlar o‘rtasida sportni yanada rivojlantirishda ulkan ishlarni amalga oshirdi.

Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi O‘zbekiston xududida imkoniyati cheklangan sportchilar o‘rtasida turli darajadagi musobaqalarni tashkillashtiradi va o‘tkazadi. Paralimpiyachilarga respublika va xalqaro miqyosidagi musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishda to‘liq va sifatli sharoit yaratish tashkilotning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Yurtimizda joriy haftada paralimpiya o’yinlarining O’zbekiston chempionatida Farg’ona davlat universitetining Tarix fakulteti ijtimoiy ish yo’nalishi, 4-bosqich talabasi Axtamova Aqidaxon para olimpiya o'yinlarida sportning yotib tosh ko’tarish turi bo’yicha yana bir bor O'zbekiston chempionatida g'olib bo’lib, ikki karra mamlakat chempioniga aylandi.