Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

“BIZ SOG’LOM HAYOT TARAFDORIMIZ”

11:34, 10.04.2023      

Hayoti davomida badantarbiyaga oshno bo'lgan, sportning ma'lum bir turi bilan doimiy shug'ullanadigan hamda sog'lom turmush tarziga amal qiladigan inson jamiyatning qaysi sohasida faoliyat yuritmasin o'z mehnat faoliyati davomida yuqori marralarga erishganligini hayotiy misollarda ko'rishimiz mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmonida ham “Barchamiz zararli odatlardan voz kechib, ommaviy sport bilan doimiy shug'ullanish, to'g'ri ovqatlanish tamoyiliga rioya qilish, xususan tarkibida tuz, qand va yog' miqdori ko'p bo'lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini me'yoridan ortiq iste'mol qilmaslik, bir so'z bilan aytganda, sog'lom turmush tarzini kundalik hayotimizga aylantirishimiz zarur ekanligini bugungi davrning o'zi taqozo etmoqda” degan so'zlari bejizga aytilmagan.

Farg’ona davlat universitetining Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tyutorlari tomonidan "Sog'lomlashtirish kuni" munosabati bilan fakultet talabalari o'rtasida “Biz sog’lom hayot tarafdorimiz” shiori ostida sportning voleybol turi bo'yicha musobaqa tashkillandi.