Fuqaro qonunchilikda ko‘zda tutilmagan, lekin konstitutsiyada ko‘rsatilgan huquqi buzildi deb hisoblasa, endi shuni tegishli tartibda talab qilishi va sudda ko‘rilishi mumkin bo‘ladi. Endilikda sudlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri konstitutsiyaviy me’yorlarni qo‘llash amaliyoti joriy qilinadi. Va bu amaliyot respublika bo‘yicha yagona sud amaliyoti bo‘lishini ta’minlash Oliy sud zimmasiga yuklanyapti. Oldin faqat advokatlar shikoyatida bo‘lgan konstitutsiyaviy me’yorlar bo‘yicha huquq talab qilinishi, lekin shunda ham sud faqat boshqa kodekslarda bo‘lsa, munosabat bildirishini aytar edi. Endi mana shu narsadan xoli bo‘lamiz.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida Filologiya fakultetida 1-bosqich o'zbek tili yo'nalishi talabalari uchun "Yangilanayotgan Konstitutsiya" mavzusida seminar tashkillandi. Seminarda fakultet rahbariyati, tyutorlar, Xalq deputatlari Kengashi Oltiariq tumani kotibiyat mudiri O'.Otaboyev, Farg'ona shahar Kengashi deputati B.Ahmadaliyevlar ishtirok etdilar.