Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

PROFILAKTIK TADBIRLAR

12:26, 10.04.2023      

Bugungi kunda huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish va bu borada jamoat tashkilotlari tomonidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu sababli, Xotin-qizlar qo‘mitalarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida manzilli ishlash tizimi joriy etildi.

Bunda, xotin-qizlar o‘rtasidagi salbiy holatlarni keltirib chiqarayotgan sabablarni o‘rganish va ularni bartaraf etishga hamda xotin-qizlarning ijtimoiy muammolarni hal qilishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida yaqin hamkorlik o‘rnatilib, jamoatchilik vakillarining jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish borasidagi mas’uliyati hamda shaxsiy javobgarligi oshirildi.

Pedagogika-psixologiya fakulteti hamda Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti hamkorligida “Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish” mavzusida yigʼilish boʼlib oʼtdi. Olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasida fuqarolarda jinoyatchilikka qarshi kurashishga va huquqbuzarliklarning oldini olishga daxldorlik hissi shakllandi.