Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

“YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA"

12:31, 10.04.2023      


Tarixan, bilamizki, juda ko‘p shiorlar, g‘oyalar qo‘yiladi, lekin shundayligicha qolib ketadi, ularning ta’minlanishi bo‘yicha mexanizm ishlamaydi. Hozir esa davlat mas’uliyatni olyapti va aynan bajaruvchi sub’yektlarni ko‘rsatyapti. Real tarzda huquqlar ta’minlansa, fuqaro ham qonunga amal qilishni boshlaydi. Davlat va fuqarolar o‘rtasidagi «ijtimoiy shartnoma» Konstitutsiya bo‘lyapti.

Umumxalq referendumi kun tartibiga kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida bugun Farg‘ona davlat universiteti Sirtqi ta'lim boʻlimida“Konstitutsiyada inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” mavzusida kengaytirilgan davra suhbati tashkil etildi.