Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 425
  • Ko`rib chiqilganlar 391
    • Takliflar 57
    • Arizalar 327
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

SPORT MUSOBAQALARI

12:37, 10.04.2023      


Sport bu – goʼzallik, nafosat, jasorat, matonat va eng asosiysi salomatlikdir. Sport bilan muntazam shugʼullanib yurgan inson doimo oʼzini tetik va yengil his etadi. Muntazam ravishda olib boriladigan sport mashgʼulotlari inson organizmining faol ravishda ishlashini taʼminlab turadi.

Sport – sog’lomlashtirish oyligi doirasida, talabalarni jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga keng jalb qilish, ularda sog’lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy rivojlantirish maqsadida Farg’ona davlat universitetida sog’lomlashtirish tadbirlari tashkil etildi.

Xususan, Matematika-informatika fakulteti talaba-yoshlari o'rtasida sport musobaqalari bo'lib o'tdi.

Unda ertalabki badantarbiya mashg’ilotlari va sport sog’lomlashtirish musobaqalari bayramona shaklda tashkil etilib, sportning mini futbol, shahmat-shashka turlari bo'yicha baxslar olib borildi. Bu kabi jismoniy tarbiyaga oid tadbirlar yoshlarda tashabbuskorlik, xavaskorlik, birdamlik hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.