Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportning ommalashuvini yanada yuqori pog’onaga ko’tarish, jismoniy madaniyat harakatini rivojlantirish, xalq milliy o’yinlarini qayta tiklash, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, zamonaviy sport turlari bo’yicha iqtidorli sportchilarni tayyorlash va ularning sport mahoratlarini oshirish maqsadida"Xalqaro salomatlik kuni"ga bag’ishlab “Sport bilan sog’lom hayot sari” shiori ostida Farg’ona davlat universitetining Sirtqi ta'limboʼlimida professor-o'qituvchi va talabalar ishtirokida musobaqalar tashkil etildi.
Ertalabki badantarbiya, diqqatni jamlash mashqlarini bajarish bilan boshlangan ushbu tadbirda jamoalar o’rtasida sportning minni futbol, basketbol, masofaviy yugurish, stol tennis hamda shahmat-shashka turlari bo’yichamurosasiz baxslar olib bordilar.