Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

ILMIY XABARLAR

13:56, 10.04.2023      

Akmeologiyaning tadqiqot obyekti – bu akme shaxs ya’ni yetuk shaxs, obyektiv qonuniyatlarga asoslangan holda kasb faoliyatining va ijodiy faoliyatning metodologik, texnologik hamda gumanitar jihatlarini o’rganish jarayonida jamiyat rivojida kasb-hunarning moddiy, ma’naviy jihatlari bilan bog’liq akmeologik muammolarni aniqlaydi.

Farg’ona davlat universitetida bo’lib o’tgan ilmiy kengash majlisida ham ushbu mavzu yuzasidan dissertatsiya himoyasi bo’lib o’tdi. Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Turaxanov Akrom Abdullaxakimovich “Akmeologik yondashuv asosida chaqiriqqacha harbiy ta'lim yo'nalishi talabalarining jismoniy-taktik ko'nikmalarini rivojlantirish usullari” mavzusida 13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07 raqamli ilmiy kengashning majlisida 100% ovoz bilan himoya qildi.