Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 299
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

“EL -YURT UMIDI” JAMG’ARMASI MUTAXASSISLARI ISHTIROKIDA AMALIY-USLUBIY SEMINAR

14:03, 10.04.2023      

“El-yurt umidi” Jamg‘armasi tomonidan Farg‘ona davlat universitetida viloyat Oliy ta’lim muassasalari talabalari va ilmiy izlanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilari uchun 2023-yilgi 1-ochiq stipendiya dasturi, uning talablari haqida amaliy-uslubiy seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminar o'tkazishdan ko'zlangan maqsad – Jamg'arma stipendiatlari bilan doimiy muloqotni davom ettirish, stipendiatlarda vatanparvarlik tuyg'usini oshirish, ular duch kelayotgan muammolarini o'rganish va hal qilishga ko'maklashish, shuningdek, kelajakdagi rejalarini bilish, ularni o'qishlarini tugatib qaytganlaridan so'ng vazirlik idora va davlat tashkilotlari tizimida mehnat faoliyatini boshlashlari uchun sharoitlar yaratish ko'zda tutilgan.

Shuningdek, jamg'arma stipendiatlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni bevosita mamlakatimizning turli sohalarini rivojlantirish yuzasidan mavzularni tanlashlari tavsiya etildi. Ushbu taklif stipendiatlar tomonidan qo'llab-quvvatlanib, ilmiy tadqiqotlar mavzusi tegishli bo'lgan vazirlik idoralari bilan stipendiatlarning o'zaro hamkorligini tashkil etish choralarini ko'rishga kelishildi.

Ma’lumot uchun: “El-yurt umidi” Jamg‘armasi tomonidan e’lon qilingan 2023-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi uchun hujjatlar topshirish muddati joriy yilning 1-mayidan 1-iyuniga qadar davom etadi.